Medvedev AQSHning boshqa mamlakatlardagi harbiy amaliyotlarini sanab o‘tdi va Oq uyni “jim bo‘lishga” chaqirdi

Medvedev AQSHning boshqa mamlakatlardagi harbiy amaliyotlarini sanab o‘tdi va Oq uyni “jim bo‘lishga” chaqirdi
Medvedev AQSHning boshqa mamlakatlardagi harbiy amaliyotlarini sanab o‘tdi va Oq uyni “jim bo‘lishga” chaqirdi
Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Twitter'da AQSH va NATOning boshqa mamlakatlardagi harbiy amaliyotlarini sanab o‘tib, amerikaliklar Rossiyani tanqid qilishga haqqi yo‘qligini aytib o‘tdi.
 
Rossiya ulardan farqli ravishda o‘z vatandoshlarini himoya qilyapti”, — dedi Medvedev.
 
So‘nggi o‘n yilliklardagi birorta ham yirik mintaqaviy mojaro amerikalik 'ezgulik kuychilari'ning bevosita yoki bilvosita ishtirokisiz tugallanmagan”, — deb yozarkan Medvedev, Ikkinchi jahon urushidan keyingi 1950—2015 yillardagi AQSH va NATO harbiy amaliyotlarini, xususan, Amerikaning Vetnamdagi operatsiyasi, AQSHning Panama va Irog‘ga bostirib kirishi, NATOning Yugoslaviya va Liviyadagi agressiyasi, shuningdek, AQSH va NATO kuchlari ishtirokidagi boshqa qurolli mojarolarni sanab o‘tdi.
 
Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari ta’kidlashicha, amerikaliklar va NATOning operatsiyalari natijasida millionlab odamlar halok bo‘ldi. “Barcha Amerika prezidentlarining qo‘lida ularning qoni bor”, — dedi Medvedev.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar