14:30 / 19.06.2023
766

Ukraina Qurolli kuchlari qarshi hujumda qancha hududni qaytarib olgani ma’lum qilindi

Ukraina Qurolli kuchlari qarshi hujumda qancha hududni qaytarib olgani ma’lum qilindi
Foto: Facebook
Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar Ukraina Qurolli kuchlari Zaporoje viloyati janubidagi Pyatixatki qishlog‘ini ozod qilgani haqida xabar berdi.
 
Malyarning Telegram kanalidagi postda aytilishicha, ikki haftalik hujumlar natijasida 19 iyun kuni ertalabgi holatga ko‘ra, sakkizta aholi punkti ozod qilindi: Novodarovka, Levadnoye, Storojevoye, Makarovka, Blagodatnoye, Lobkovoye, Neskuchnoye va Pyatixatki.
 
Zaporoje viloyatining anneksiya qilingan qismi ma’muriyatining Rossiya tomonidan tayinlangan vakili Vladimir Rogov ham Pyatixatki Ukraina Qurolli kuchlari nazoratiga o‘tganini ma’lum qilgandi. Rossiya Mudofaa vazirligi esa Ukraina qo‘shinlarining Pyatixatkiga hujumi qaytarilganini da’vo qildi.
 
Malyar o‘z postida so‘nggi ikki hafta ichida ukrainalik harbiylar janubga yetti kilometr ilgarilab, 113 kvadrat kilometr hududni qaytarib olganini qo‘shimcha qildi.
 
Avvalroq Vladimir Zelenskiy Ukraina qo‘shinlari frontda Rossiya armiyasining qattiq qarshiligiga duch kelayotganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat “umuman olganda ijobiy, ammo juda og‘ir”.
 
Ukraina prezidenti yana bir bor G‘arb ittifoqchilarini harbiy yordam ko‘rsatish, xususan, samolyotlar yetkazib berish va ukrainalik uchuvchilarni tayyorlashni kechiktirmaslikka chaqirdi.
 
Ukraina frontda qarshi hujum boshlanganini rasman e’lon qilmagan. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina Qurolli kuchlarining hujumi 4 iyun kuni boshlanganini da’vo qilmoqda. 9 iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin hujum paytida Ukraina Qurolli kuchlari frontning birorta sektorida o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajara olmaganini aytdi.
Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina Qurolli kuchlari qarshi hujumda qancha hududni qaytarib olgani ma’lum qilindi
ePN