Toshkent metrosida bir kunda rekord darajada yo‘lovchi tashildi

14 sentyabr kuni Toshkent metropolitenida yo‘lovchilar soni bo‘yicha yangi rekord qayd etildi. Shu kuni metro xizmatlaridan 1 165 550 nafar yo‘lovchi foydalangan.
Bu ko‘rsatkichdan avvalgi rekord 8 may kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda metro orqali 1 117 061 nafar yo‘lovchi tashilgan edi.
Yo‘lovchilar oqimi ayniqsa “Chinor”, “Sergeli”, “Choshtepa”, “Olmazor”, “Chilonzor”, “Buyuk ipak yo‘li”, “Do‘stlik” va “Beruniy” bekatlarida yuqori bo‘lgan.
Mutaxassislar yo‘lovchilar oqimi o‘sishda davom etishini kutmoqda. Oktyabr oyida kunlik yo‘lovchilar soni 1,2 million nafarga yetishi prognoz qilingan.
Shuningdek, metro ma’muriyati 1 200 000-yo‘lovchini alohida aniqlab, unga maxsus sovg‘a yoki imtiyoz taqdim etishni rejalashtirmoqda.
Yo‘lovchilar ko‘payishi munosabati bilan poyezdlar harakati ham oqimga qarab tezkor muvofiqlashtirib borilmoqda.






























Izohlar 0
…