17:13 / 19.06.2023
502

Polshada yuzlab belaruslar Lukashenkoni ag‘darishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Polshada yuzlab belaruslar Lukashenkoni ag‘darishga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Foto: “TASS”
Belarusni tark etishga majbur bo‘lgan va kelgusida “rejimga qarshi kurashish” uchun respublikaga qaytishni istayotgan belaruslar Polshada jangovar tayyorgarlikdan o‘tmoqda. Bu haqda The Times xabar berdi. Gap yuzlab odamlar haqida ketmoqda.
 
Mashg‘ulotlarni 2020 yildagi norozilik namoyishlaridan keyin iste’foga chiqqan Belarus xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan tuzilgan BYPOL tashkiloti a’zolari tashkil etgan. Ular Poznan shahrida o‘tkazilmoqda. BYPOL rahbari Aleksandr Azarovning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi guruhlar bir necha oydan beri mashg‘ulot o‘tamoqda.
 
Biz tinch yo‘ldan borishga harakat qildik. Ammo davlat qon to‘kilmasidan turib, hech qachon ozodlikka erishmagan”, — dedi gazetaga 60 yoshli elektr ustasi, Ded laqabli belaruslardan biri.
 
The Times eslatganidek, BYPOL 2022 yilda Belarus temir yo‘llariga qilingan sabotaj, shuningdek, 2023 yil fevralida Machulishi aviabazasida (Minsk viloyati) Rossiyaning A-50 samolyotiga qilingan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgandi.
 
Belarusda ommaviy norozilik namoyishlari 2020 yil 9 avgust kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan keyin boshlangan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Lukashenko 80 foizdan ko‘proq, uning asosiy raqibi Svetlana Tixanovskaya esa 10 foizga yaqin ovoz olgan. Tixanovskayaning shtab-kvartirasi saylov natijalarini tan olmadi va hokimiyatni tinch yo‘l bilan topshirishni talab qildi. Oxir-oqibat namoyishchilar tarqatib yuborildi, yuzlab odamlar hibsga olindi. Tixanovskaya va boshqa muxolifatchilar mamlakatni tark etdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Polshada yuzlab belaruslar Lukashenkoni ag‘darishga tayyorgarlik ko‘rmoqda
ePN