18:57 / 20.06.2023
540

Alisher Usmonov yana «qora ro‘yxat»ga tushdi

Alisher Usmonov yana «qora ro‘yxat»ga tushdi
AQSH Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar doirasida Alisher Usmonovni qora ro‘yxatga kiritdi, deb xabar bermoqda Shveysariyaning Handelszeitung nashri.
 
Nashrning yozishicha, Usmonov bilan birga ro‘yxatga oligarx Gennadiy Timchenko, Rossiya davlat dumasi deputati Sulaymon Kerimov va boshqa bir qator yirik tadbirkorlar ham kiritilgan.
 
Bundan tashqari, Handelszeitung Shveysariyada ro‘yxatdan o‘tgan xoldinglar, moliya institutlari va fondlar ro‘yxatini taqdim etadi. AQSH ularni Rossiya aktivlarini yashirganlikda, shuningdek, harbiy sanoat va Rossiya armiyasi uchun ikki tomonlama maqsadli tovarlar sotib olganlikda gumon qilmoqda.
 
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Alisher Usmonov yaxtasidagi 30 ta kartina musodara qilingani aytilgandi. So‘ng Germaniya sudi Usmonovning villalaridagi tintuvlarni noqonuniy deb topgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Alisher Usmonov yana «qora ro‘yxat»ga tushdi
ePN