
Foto: Videodan kadr
Rossiyaning «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) rahbari Yevgeniy Prigojin Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Bosh shtab rahbari Valeriy Gerasimovni «rus xalqining genotsidi»da aybladi.
Avvalroq, Prigojinning Shoygu va Gerasimov ustidan Tergov qo‘mitasiga shikoyat qilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqalgan edi. XHK rahbari buni tasdiqladi.
«Ha, bu Gerasimov va Shoygu ustidan shikoyat, ular rus xalqi genotsidi, o‘n minglab Rossiya fuqarolarining o‘ldirilishi va Rossiya hududlarini dushman qo‘liga berib qo‘ygani uchun javobgar bo‘lishi kerak. Ular buni ataylab qilgan. Shoygu millatchilik asosida genotsid qilgan», dedi Prigojin.
«Vagnerchilar» rahbari Rossiya Mudofaa vazirligini o‘z yollanma askarlarini yetarlicha o‘q-dorilar bilan ta’minlamaganlikda bir necha bor ayblagan, shuningdek, Shoygu va Gerasimovni tanqid qilib kelmoqda.
Yoz boshida Shoygu barcha «ko‘ngilli harbiy qismlar» 1 iyulgacha Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzishi kerakligini ma’lum qildi. Prigojin buni rad etdi va shartnoma tuzishni istamaganlarni «Vagner»ga qo‘shilishga chaqirdi.
Keyinroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mudofaa vazirligi tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Ammo Prigojin o‘z askarlari «yana sharmandalik yo‘lidan borishga tayyor emasligini» aytdi.
Yaqinda bergan intervyusida Prigojin yana Shoygu haqida gapirib, marshal unvoni va ikkinchi marta qahramon yulduzini olishi uchun unga Ukrainadagi urush kerak bo‘lganini aytdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar