14:10 / 03.07.2023
415

Germaniya kansleri: “Musulmonlarga qarshi nafratga yo‘l qo‘ymaslik kerak!”

Germaniya kansleri: “Musulmonlarga qarshi nafratga yo‘l qo‘ymaslik kerak!”

Shols Twitterda 1 iyul musulmonlarga qarshi irqchilikka qarshi kurash kuni munosabati bilan o‘rtoqlashdi. Germaniyada irqchilikning bir haqiqat ekanini tilga olgan Shols, bu haqiqatni birgalikda yengish kerakligini ta’kidladi.

Irqchilik bilan kurashish uchun harakat qilishini bildirgan Shols, "Irqchilik, antisemitizm va musulmonlarga qarshi nafratga yo‘l qo‘yilmasligi kerak" dedi.

Germaniya Ichki ishlar vaziri Nensi Fayzer mamlakatda yashovchi 5,5 million musulmonning ko‘pchiligi kundalik hayotlarida kamsitish va chetlanishlarga duchor bo‘layotganini tan oldi.

Nemis jamiyatida musulmonlarga qarshi nafrat keng tarqalgan.

Germaniya hukumatining So‘l partiya parlament so‘roviga bergan javobiga ko‘ra, mamlakatda joriy yilning yanvar-aprel oylari orasida islomga qarshi 124 ta jinoyat sodir etilgan.

Jinoyatlar masjidlarga hujum qilish, jamoatchilikni gijgijlash, tan jarohati yetkazish, haqorat qilish, tahdid qilish, mulkka zarar yetkazish yoki konstitutsiyaga zid ramzlarni qo‘llashdan iborat ekanligi ta’kidlandi.

Burndan tashqari, Musulmonlarga qarshi mustaqil ekspertlar guruhi tomonidan tayyorlangan hisobotda, Germaniya jamiyatining katta qismida musulmonlarga qarshi dushmanlikning keng tarqalganligi tashvish bilan e’tirof etiladi.

Hisobotda Germaniyada har ikki kishidan biri musulmonlarga qarshi bayonotlarni ma’qullagani qayd etildi.

Germaniyada misrlik Marva al-Sharbiyni 2009 yilning 1 iyulida Drezden shtati sudida irqchi Aleks V. tomonidan xotini va 3 yoshli o‘g‘lining ko‘z o‘ngida 18 marta berilgan pichoq zarbasi bilan o‘ldirilgani qoralanib miting o‘tkazilgan.

Erini himoya qilmoqchi bo‘lgan Alviy Okaz ham hujumchining pichoq jarohatidan yaralangan; politsiya xodimlari tajovuzkor degan gumonda Okazning oyog‘iga o‘q uzgan. Terrorchi Aleks V. qotillik va qotillikka urinish jinoyatini sodir etgan deb topilib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.

Voqea musulmonlarga qarshi hujum bo‘lganligi sababli, musulmonlarga qarshi nafrat, hujum va irqchilikka e’tibor qaratish maqsadida 1 iyul Musulmonlarga qarshi irqchilikka barham berish kuni deb e’lon qilingan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya kansleri: “Musulmonlarga qarshi nafratga yo‘l qo‘ymaslik kerak!”
ePN