18:53 / 03.07.2023
214

Qozog‘istonda chigirtkalar to‘dasi dalalarga hujum qilmoqda

Qozog‘istonda chigirtkalar to‘dasi dalalarga hujum qilmoqda

Qozog‘istonning janubiy viloyatlarida chigirtkalar to‘dasi bir nechta tumanlardagi dalalarga hujum qilmoqda.

Qozog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Agrosanoat kompleksidagi davlat nazorat qo‘mitasi hududiy inspeksiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, Qo‘stanay viloyatida chigirtkalarni aniqlash maqsadida 1625 ming gektar maydon o‘rganilgan.

Aniqlanishicha, hozirda 445 ming gektar maydonida chigirtkalar to‘dasi mavjud. 266 ming gektar dala maydonidagi qishloq xo‘jaligi ekinlari xavf ostida.

Chigirtkalar to‘dasining eng ko‘p miqdori Jangeldi tumanida aniqlangan. Ayrim hududlarda chigirtkalar qishloq xo‘jaligi ekinlariga jiddiy zarar yetkazmagan holda boshqa hududga ko‘chib o‘tayotgani qayd etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda hududlarda chigirtkalarga qarshi har kuni himoya tadbirlari o‘tkazilmoqda. Biroq ob-havo va iqlim sharoiti har doim ham kimyoviy ishlov berishga imkon bermayotgani tufayli vaziyat murakkablashmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda chigirtkalar to‘dasi dalalarga hujum qilmoqda
ePN