Qoraqalpog‘istonda 4 tonna oltin topildi: eng qizig‘i, hududning 80 foizi hali o‘rganilmagan

Qoraqalpog‘istonda oltin qazib olish va qayta ishlashga ixtisoslashgan yirik klaster tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Hududdagi "Urusoy" konida 4 tonna oltin zaxirasi aniqlangani ma’lum qilindi. Loyiha amalga oshirilishi bilan geologik-qidiruv ishlari ham kengaytiriladi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasida Qoraqalpog‘istonda oltin qazib olish va uni qayta ishlash klasterini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan.
Loyiha doirasida nafaqat mavjud konni o‘zlashtirish, balki yangi istiqbolli hududlarni aniqlash uchun geologik-qidiruv ishlarini kuchaytirish ko‘zda tutilgan.
Eng qiziq jihati: hududning geologik jihatdan o‘rganilgan qismi hozircha atigi 20 foizni tashkil etadi. Bugungi ma’lumotlarga ko‘ra, kon qidirish va qazib olish ishlari olib borilayotgan maydon 200 gektarni tashkil etadi. Yangi klaster ishga tushirilishi esa hududdagi iqtisodiy faollikni oshirishi va 1000 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratilishiga xizmat qilishi kutilmoqda. Shunday qilib, Qoraqalpog‘istonning katta qismi hali to‘liq geologik o‘rganilmagan. Shu sababli kelgusidagi qidiruv ishlari davomida yangi kon va foydali qazilma zaxiralari aniqlanishi ehtimoli mavjud.































Izohlar 0
…