date
views 168

Eron Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘ldi

Eron Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘ldi

Eron Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘ldi. Bu haqda SHHT kotibiyati ma’lum qildi.

Islom Respublikasining tashkilotga a’zo bo‘lishi haqidagi qaror Hindiston raisligidagi SHHTning 23-sammitida qabul qilindi.

A’zo davlatlar Eron Islom Respublikasining SHHTga to‘laqonli a’zo davlat sifatida qabul qilinishining tarixiy ahamiyatini ta’kidladi”, — deyiladi xabarda.

Eron tashkilotning to‘qqizinchi a’zosi bo‘ldi. 2022 yil sentyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHTning avvalgi sammitida Eron assotsiatsiyaga a’zo davlat maqomini olish bo‘yicha majburiyat memorandumini imzolagandi. SHHTga to‘liq a’zo bo‘lishdan oldin Eron kuzatuvchi maqomiga ega edi.

SHHT 2001 yil 15 iyunda Shanxayda tashkil topgan. Dastlab tashkilot tarkibiga oltita davlat — Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston kirgan, 2017 yilda Hindiston va Pokiston ham qo‘shilgan. Afg‘oniston, Belarus va Mo‘g‘uliston tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘ldi