Ukrainada urushning 497-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Bloomberg xabariga ko‘ra, «Vagner» XHK frontdan ketgani tufayli Rossiya Ukrainaga yanada ko‘proq mahbuslarni yubormoqda. Yevropa razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, RF mudofaa vazirligi allaqachon 15 mingga yaqin mahbuslarni yollagan.
- XXR raisi Si Jinping, FT ma’lumotlariga ko‘ra, Putinni Ukrainaga yadroviy zarba berishdan qaytargan. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu xabarni «fantastika» deb atadi.
- Ukraina qurolli kuchlarining Makiyivkaga zarbasi oqibatida, «DXR» rasmiylariga ko‘ra, 60 dan ortiq kishi yaralanib, bir kishi vafot etgan.
- Kursk va Belgorod oblastlari rasmiylari mazkur hududlar o‘qqa tutilgani haqida xabar berdi.
- Germaniya bojxona xizmati Rossiyadan mamlakatga kiruvchi barcha avtomobillarni hibsga olishni va’da qildi. Nemis tilining o‘ziga xosligi tufayli, ushbu mamlakatga safar qilgan rossiyaliklarning avtomobillari ham sanksiyaga tushadi.
- Xalqaro atom energetikasi agentligi rahbari Zaporijjya AES hududi minalangani haqida ma’lumot yo‘qligini bildirdi (avvalroq Rossiya va Ukraina bir-birini «provokatsiya» tayyorlashda ayblagandi).
- Ukraina Rossiya bilan aloqador 18 kompaniyaga sanksiya kiritdi. Ular orasida — «AlfaStraxovaniye» ham bor.
Okkupatsiya ostidagi Makiyivkaga zarba
Makiyivka — Donetsk oblastida 2014 yildan buyon «DXR» nazoratida qolayotgan shahardir. 4 iyul kuni kechqurun Ukraina qurolli kuchlari shaharni o‘qqa tutdi — zarbalar bir necha rayon bo‘ylab berilgan. Ukraina hukumati hujum nishoni rossiyaliklarning harbiy omborxonasi bo‘lganini ma’lum qilgan. «DXR» rasmiylari esa shahar o‘qqa tutilishi oqibatida 40 ta ko‘p kvartirali uylar, 12 ta maktab, 13 ta bolalar bog‘chasi va boshqa obektlar shikastlanganini xabar qilgan. 5 iyulga kelib jabrlanganlar soni 68 kishiga yetgani, ular orasida uch bola borligi ma’lum qilingan. Bir kishi halok bo‘lgan.
5 iyul kuni kechqurun TASS shahar o‘qqa tutilganidan keyin Krasnogvardiya neft bazasi yonib ketgani haqida xabar berdi, bu yerda yonilg‘i sizib ketgan.




Belgorod oblastining Valuyki shahri o‘qqa tutildi
5 iyul tongida Belgorod oblasti gubernatori Vyacheslav Gladkov Valuyki shahri «Grad» zarbalari ostida qolganini xabar qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy aholi vakili bo‘lgan ayol yaralangan, u shifoxonaga yotqizilgan. Gladkovning baholariga ko‘ra, jami 33 ta xususiy uy va 11 ta avtomobil shikastlangan. Ukraina hukumati bu xabar yuzasidan izoh bermadi.


AFP / Scanpix / LETA

Baxmut atrofidagi ukrain artilleriyachilari

Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA



Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Frontda halok bo‘lgan askarlar xotirasiga Kiyevda o‘rnatilgan xotira devori

Jae C. Hong / AP / Scanpix / LETA
Manba: Kun.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!