iPhone 18 Pro toʻliq desmont qilindi: iFixit bahosi va asosiy yangiliklar

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- iFixit mutaxassislari iPhone 18 Pro'ni qismlarga ajratib, uni ta'mirlash qulayligi bo'yicha 10 balldan 7 ballga baholashdi.
- Yangi modelda ekran ostiga yashirilgan Face ID, oltita mitti lepestokdan iborat mexanik o'zgaruvchan diafragma va uch barobar kattalashtirilgan bug'lanish kamerasiga ega sovutish tizimi kabi muhim apparat o'zgarishlari mavjud.
Taniqli iFixit mutaxassislari Apple kompaniyasining navbatdagi flagmani — iPhone 18 Pro smartfonini toʻliq qismlarga ajratib, uning ichki tuzilishi va texnik yangiliklarini oʻrganib chiqishdi. Qurilma taʼmirlash qulayligi boʻyicha oʻn ballik tizimda 7 ballga sazovor boʻldi. Yangi model bir qator muhim apparat oʻzgarishlari, jumladan, mexanik diafragma, ekran ostiga yashirilgan Face ID va samaraliroq sovutish tizimi bilan jihozlangan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
ixbt.com maʼlumotiga koʻra, asosiy kameraning eng diqqatga sazovor jihatlaridan biri oltita mitti lepestokdan iborat mexanik oʻzgaruvchan diafragma hisoblanadi. Ularning holati elektromagnitlar yordamida boshqarilib, obyektivga tushadigan yorugʻlik miqdorini tartibga solish imkonini beradi. Biroq jarayon davomida lepestoklardan biri tasodifan ajralib chiqqan va mutaxassislar bunday nozik mexanizmni alohida taʼmirlash imkonsiz ekanini taʼkidlashmoqda. Nosozlik yuzaga kelganda butun kamera modulini almashtirish talab etiladi.
Displey ostidagi texnologiyalar va yangi sovutish tizimi
Smartfonning xavfsizlik tizimida ham jiddiy oʻzgarishlar amalga oshirilgan. iPhone 18 Pro'da infraqizil kamera ilk bor OLED-displey ostiga koʻchirildi. Infraqizil nurning erkin oʻtishi uchun Apple datchik ustidagi piksellarni q kisman olib tashlab, mazkur hudud atrofidagi zichlikni bosqichma-bosqich oʻzgartirgan. Shuningdek, matritsa ostida koʻrinadigan yorugʻlikni bloklab, infraqizil nurlanishni oʻtkazadigan maxsus filtr oʻrnatilgan.Qurilmaning unumdorligini barqaror saqlash uchun sovutish tizimi ham tubdan yangilangan. A20 Pro protsessori endi termointerfeys orqali katta hajmli bugʻlanish kamerasi bilan bevosita tutashadi. Apple maʼlumotlariga koʻra, uning maydoni oʻtgan avlod – iPhone 17 Pro yechimiga nisbatan taxminan uch barobar katta. Bunga chiplarning yangi joylashuvi orqali erishilgan boʻlib, protsessor kristalli va tezkor xotira bir-birining ustiga emas, yonma-yon oʻrnatilgan holda issiqlik chiqarishni sezilarli darajada yaxshilagan.
Taʼmirlashdagi qiyinchiliklar va iFixit xulosasi
Tadqiqot jarayonida mutaxassislar potensial muammoga ham duch kelishdi. Toʻrtta ochilgan iPhone 18 Pro nusxasidan uchtasining ekran romlari shikastlangan. Hozircha bu holat konstruksiyaning oʻziga xos xususiyati yoki alohida partiya bilan bogʻliqligi nomaʼlum, ammo bunday nuqsonlar displeyni qayta oʻrnatishni qiyinlashtirib, korpus germetikligiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.Ayrim qismlar hali ham murakkabligicha qolmoqda: masalan, USB-C portini almashtirish uchun smartfonning katta qismini qismlarga ajratishga toʻgʻri keladi. Shu bilan birga, Apple oldingi avlodning muvaffaqiyatli yechimlarini, jumladan, modulli kamera tuzilishini va anʼanaviy yelim lentalarisiz tayyorlangan akkumulyatorni saqlab qolgan.
Umumiy hisobda, iFixit mutaxassislari iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max modellarining taʼmirlashga yaroqliligini 10 balldan 7 ballga baholashdi. Bu esa zamonaviy flagmanlar orasida yuqori koʻrsatkich hisoblanib, qurilmaning ichki arxitekturasi nafaqat murakkab, balki muayyan darajada texnik xizmat koʻrsatishga moslashtirilganini bildiradi.






























Izohlar 0
…