Janubiy Afrikada qor yog‘di (foto)

Janubiy Afrikada qor yog‘di (foto)
Janubiy Afrikada qor yog‘di (foto)
Foto: Orion boshlang‘ich maktabida bolalar qorda o‘ynamoqda / Reuters

Janubiy Afrika Respublikasining g‘arbiy qismiga Antarktidadan sovuq havo massalari kelishi bilan Afrika janubida qor yog‘di. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, G‘arbiy Keyp provinsiyasining turli hududlarida 10 soatdan davomida qor yog‘moqda. 2023-yil avvalgilaridan farqli o‘laroq, nafaqat tog‘li hududlarda, balki viloyatning ko‘plab shahar va tumanlarida qor yog‘di. Yo‘llarni muz qopladi, rasmiylar haydovchilarni o‘ta ehtiyotkor bo‘lishga chaqirgan.

Janubiy Afrikada qor yog‘di (foto)
Foto: Yoxannesburg janubidagi maktabda bolalar qor o'ynamoqda / Reuters

Yoxannesburg va Pretoriyada havo harorati nol darajadan pastga tushgan. Meteorologiya xizmati yaqin soatlarda mamlakat janubi-sharqidagi KvaZulu-Natal provinsiyasida qor yog‘ishi kutilishi haqida ogohlantirgan.

Janubiy Afrikada qor yog‘di (foto)
Foto: Reuters

Janubiy Afrika Respublikasi janubiy yarimsharda joylashgan bo‘lib, u yerda qish iyul oyining o‘rtalarida eng yuqori darajaga yetadi. Hozirgi sovuq Afrika janubiga Antarktidadan kelgan.

“Biz oxirgi marta bunday ob-havoni 2012-yilda ko‘rgan edik”, — deydi JAR meteorologiya xizmatining katta sinoptikchisi Puseletso Mofokeng.

 

Janubiy Afrikada qor yog‘di (foto)
Foto: Brakenxerstda qor yog‘ayotgan paytda chiqindi yig‘ayotgan xodimlar / Reuters
Janubiy Afrikada qor yog‘di (foto)
Foto: Yoxannesburgda qor bo'roni paytida bir kishi iti bilan sayr qilmoqda / AP Photo
Janubiy Afrikada qor yog‘di (foto)
Foto: Yoxannesburgdagi parkda sayr qilayotgan erkak / AP Photo
Janubiy Afrikada qor yog‘di (foto)
Foto: AFP
Janubiy Afrikada qor yog‘di (foto)
Foto: Yoxannesburgdagi Delta-parkda qor yog‘ayotgan bir kishi yo‘lda ketmoqda / AFP
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar

Janubiy Afrikada qor yog‘di (foto) – Zamin.uz, 11.07.2023