Pedagoglarning farzandlariga katta imtiyoz: kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladi

Pedagoglarning farzandlariga katta imtiyoz: kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladi

2026/2027 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi bakalavriatda tahsil olayotgan pedagoglar farzandlari uchun yangi imtiyoz joriy etiladi. Ular to‘lov-kontrakt summasining 30 foizini chegirma asosida to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Yangi tartibga ko‘ra, imtiyoz pedagogning har bir farzandi uchun alohida qo‘llaniladi.

Biroq chegirma barcha ta’lim muassasalari va kontrakt turlariga tatbiq etilmaydi.

Imtiyoz quyidagilarga berilmaydi:

-oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari;

-xorijiy OTM va ularning filiallari;

-nodavlat OTMlar;

-qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan kontraktlar.

Imtiyozdan qanday foydalaniladi?

Chegirmani olish uchun kontrakt.edu.uz orqali ariza topshirish kerak.

Pedagogning farzandi ekani “Raqamli hukumat" tizimi orqali tasdiqlansa, chegirma avtomatik ravishda qo‘llaniladi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar