13:21 / 20.07.2023
189

AQSHda tornado Pfizer farmatsevtika zavodini vayron qildi (video)

AQSHda tornado Pfizer farmatsevtika zavodini vayron qildi (video)

Foto: Skrinshot

AQSHning Shimoliy Karolina shtatidagi Pfizer farmatsevtika zavodi shtatga tornado yopirilgan paytda jiddiy zarar ko‘rdi. Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q, deb xabar bermoqda CNN.

AQSH Milliy ob-havo xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 19 iyul kuni shtatda sodir bo‘lgan tornado soatiga 217 kilometr tezlikda harakatlangan.

Tornado oqibatida Roki-Mauntdagi Pfizer farmatsevtika zavodi jiddiy zarar ko‘rgan. Ijtimoiy tarmoqlarda korxona tomi qog‘ozdek g‘ijimlangani, avtoturargoh esa bino vayronalariga to‘lib ketgani aks etgan video tarqaldi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, zavodda qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.

“Hodisaning ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ta’sirini aniqlash uchun vaziyatni baholayapmiz. Hozir fikr-u xayolimiz hamkasblarimiz, bemorlarimiz va ushbu tabiat hodisasini boshdan kechirgan jamiyatimizda”, — deyiladi Pfizer bayonotida.

Shuningdek, Shimoliy Karolinada qulagan daraxtlar shtatlararo avtomagistralni to‘sib qo‘yib, transport harakati vaqtincha bloklangan. Tornado yo‘lidagi binolarning ba’zilari buzilib ketgan. Tornado paytida to‘rt kishi jabrlangani aytilmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda tornado Pfizer farmatsevtika zavodini vayron qildi (video)
ePN