16:43 / 21.07.2023
774

Taniqli milliarder Fattoh Shodiyevning jiyani Orifjon Shodiyev 1,5 yilga qamaldi

Taniqli milliarder Fattoh Shodiyevning jiyani Orifjon Shodiyev 1,5 yilga qamaldi

Orifjon Shodiyev. Foto: Google Images 

Olmaota shahrida taniqli milliarder Fattoh Shodiyevning jiyani tadbirkor Orifjon Shodiyev ishi bo‘yicha hukm e’lon qilindi.

Tadbirkor o‘z vakolatini suiiste’mol qilib, Asia Credit Bank’ga 16 milliard tenge (taxminan 36 mln AQSH dollari) miqdorida zarar yetkazganlikda aybdor deb topildi. U bilan birga uning yordamchisi Mixail Solovyov ham sudlangan.

2019-yilda Orifjon Shodiyev Asia Credit Bank aksiyalarini bankning sobiq egasi Nurbol Sultondan sotib olgan. Bitimning sharti bo‘yicha Orifjon Shodiyev bankni bir nechta kreditlar bo‘yicha garovdan ozod qilishi va barcha majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi kerak edi. O‘shanda gap 16 milliard 699 million tengelik mulk haqida ketgan edi.

Bankning yangi egasi haqiqatda bankni garov bilan ta’minladi – Olmaota shahrining yuqori qismidagi 7 ta yer uchastkasini garov sifatida kiritdi, ularning qiymati kreditlarning umumiy miqdorini qopladi.

Biroq keyin Orifjon Shodiyev garov uchun qo‘yilgan mulkni almashtirishga qaror qildi, yuqori likvidli aktivlar o‘rniga Gorniy Gigantdagi (Olmaotadagi elita hudud) 100 gektardan ortiq yer uchastkasi garovga kiritildi. Mulkning taxminiy qiymati 46 milliard tengedan oshdi.

Ammo oradan vaqt o‘tib Asia Credit Bank o‘z majburiyatlarini bajara olmay, litsenziyasi bekor qilindi va bank boshqaruvi Moliya bozorini tartibga solish va rivojlantirish agentligining likvidatsion komissiyasiga o‘tdi.

Bu holatda komissiya bankda mavjud bo‘lgan hamma narsani baholab, shundan so‘ng aktivlarni sotuvga qo‘yishi va shu bilan mijozlar va kreditorlar oldidagi majburiyatlarini ado etishi kerak edi.

Baholash jarayonida esa garovga qo‘yilgan yerning narxi 46 milliardga tenge emasligi aniqlandi, chunki mazkur hudud dehqon xo‘jaligi uchun mo‘ljallangani aniqlandi. Hujjatlarda u yerda yakka tartibdagi uy-joy qurish mumkinligi ko‘rsatilgandi. Ammo dehqon xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerda faqat ekin ekish va chorvachilik qilish mumkin, kottej va ko‘p qavatli uylar qurish mumkin emas.

Bu yer uchastkasining narxiga ham ta’sir qiladi. Bunday hududni 46 milliard tengega sotib bo‘lmaydi.

Natijada aybiga iqror bo‘lgan Orifjon Shodiyev bir yarim yil, unga yordam bergan Mixail Solovyov esa bir yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Shuningdek, mahkumlar bankka yetkazilgan 16 mlrd tenge miqdoridagi zararni qoplab berishlari kerak bo‘ladi. 
Hozircha sud hukmi qonuniy kuchga kirmagan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Taniqli milliarder Fattoh Shodiyevning jiyani Orifjon Shodiyev 1,5 yilga qamaldi
ePN