Ukrainada davom etayotgan urushda Leningrad polkining qo‘mondoni, polkovnik Yevgeniy Vashunin halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy organlar saytida ma’lum qilingan.
U 14 iyul kuni Ukraina kuchlari tomonidan qurshab olingan «Storm» hujum otryadiga yordam berishga qaror qilganida vafot etdi, dedi Sankt-Peterburg qonunchilik assambleyasi spikeri Aleksandr Belskiy.
Vashunin bir guruh jangchilar bilan birgalikda hujum otryadi tomon harakatlangan, ukrainalik harbiylar uning harakatini payqab, jang boshlandi. Belskiyning so‘zlariga ko‘ra, Vashunin hamkasblaridan uzilib, yarador bo‘lgan va halok bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar