Qo‘shnisining mushugini qiynagan erkak 7 sutkaga qamaldi

Toshkentning Shayxontohur tumanida mushukka shafqatsiz munosabatda bo‘lgan erkakka nisbatan sud qarori chiqarildi. U hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlikda aybdor deb topilib, 7 sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilindi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p qavatli uylardan birining yo‘lagida erkak qo‘shnisining mushugini bo‘g‘ib, oyog‘ini qayirgani aks etgan video tarqalgan edi. Hodisa jamoatchilikning keskin munosabatiga sabab bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, huquqbuzar 2002 yilda tug‘ilgan poytaxt aholisi bo‘lgan. Sud uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topgan.
Mazkur modda bo‘yicha 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi belgilanishi mumkin. Sud esa erkakka 7 sutka ma’muriy qamoq tayinlagan.






























Izohlar 0
…