Hayotdagi eng katta boylik nima? Og‘ir kasallikka chalingan blogerning hayotidan saboq

Hayotdagi eng katta boylik nima? Og‘ir kasallikka chalingan blogerning hayotidan saboq
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Oshqozon saratonining to‘rtinchi bosqichidan vafot etgan moda blogeri Kirzayda Rodriges hayotdagi eng katta boylik pul yoki shon-shuhrat emas, balki sog‘liq va yaqinlar ekanini ta’kidlagan.
  • 2018 yil 9 sentyabrda 40 yoshida hayotdan ko‘z yumgan bloger o‘zining so‘nggi postlarida hashamatli hayot bilan kasallik davridagi qiyinchiliklarni taqqoslab, oddiy quvonchlarni qadrlashga chaqirgan.

Internetda inson hayotidagi haqiqiy boylik pul, shon-shuhrat yoki dabdaba emas, balki sog‘liq va yaqinlar ekanini eslatuvchi ta’sirli matn tarqalmoqda. Unda go‘yoki 40 yoshida oshqozon saratonidan vafot etgan moda blogeri Kirzayda Rodrigesning so‘nggi so‘zlari keltirilgan.

Dominikan Respublikasida tug‘ilgan Kirzayda Rodriges moda va uslub haqidagi bloglari orqali tanilgan. U 2017 yil oxirida oshqozon saratonining to‘rtinchi bosqichiga chalinganini ma’lum qilgan. Kasallik bilan kurash jarayonida u davolanish, sochlarining to‘kilishi va kundalik hayotidagi o‘zgarishlar haqida kuzatuvchilariga ochiq gapirib borgan.

Bloger 2018 yil 9 sentyabrda 40 yoshida vafot etgan. Uning hayotining so‘nggi oylarida yozgan postlarida sog‘liq, oila va yaqinlar qadri haqidagi fikrlar alohida o‘rin tutgan. Masalan, u kasallik sabab avvalgi hayot tarzi o‘zgargani, ovqatlanish va oddiy harakatlar ham qiyinlashgani haqida yozgan. Shuningdek, u yaqinlari bilan o‘tkazgan vaqt va hayotdagi kichik quvonchlarni qadrlashini ta’kidlagan.

Matnda muallif go‘yoki avvalgi hashamatli hayoti bilan kasallikdan keyingi holatini taqqoslaydi. Unda quyidagi satrlar keltirilgan:

— Menda dunyodagi eng qimmat mashinalardan biri bor edi. Bugun esa nogironlar aravachasida yuribman.

— Mening brendim hashamatli kiyim-kechak, poyabzal va qimmatbaho buyumlarni sotardi. Endi esa kasalxona choyshabiga o‘ralib yotibman.

— Hisobimda millionlab pul bor edi, ammo bugun ular menga hech qanday yordam bera olmaydi.

— Qasrda yashardim, bugun esa kasalxonadagi tor joyda yotibman. Besh yulduzli mehmonxonalarda dam olardim, endi esa shifoxona xonalarida kun o‘tkazyapman.

— Yuzlab dastxatlar berganman, bugun esa imzom faqat tibbiy hujjatlarda aks etadi.

— Yettita stilistim bor edi, bugun esa sochlarimdan ham ayrilganman. Shaxsiy samolyotlarda safar qilardim, endi esa oddiy ehtiyojlarimni qondirish uchun ham yordamga muhtojman.

— Eng yaxshi taomlardan bahramand bo‘lardim, bugun esa ovqatlanishim bir necha tabletka va tomchi suv bilan cheklangan.

Matn yakunida esa insonni hayot haqida chuqurroq o‘ylashga undaydigan fikrlar keltiriladi:

«Pul, shon-shuhrat va dabdaba bugun men uchun avvalgidek ahamiyatga ega emas. Chunki sog‘liqdan qimmatliroq boylik yo‘q.

Agar sog‘lig‘ingiz, dasturxoningizda noningiz, boshingiz uzra tomingiz va yoningizda oilangiz bo‘lsa, ishoning, sizda baxtli hayot uchun eng muhim ne’matlar bor».

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar