
2024-yilda Rossiya prezidentligi saylovlarida 90 foizdan ortiq ovoz Vladimir Putinning qayta saylanishi uchun beriladi. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov The New York Times’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Peskov Rossiya-Ukraina urushi istiqbollari haqida ham fikr bildirdi. U hozircha tinchlik kelishuvini imzolash uchun asoslar yo‘qligi va Rossiya “maxsus harbiy operatsiya”ni davom ettirishini bildirdi.
Rossiya qo‘shib olingan to‘rtta viloyatdan tashqari yana ko‘p Ukraina hududlarini egallashga intilyaptimi, degan savolga u shunday javob berdi:
Ukraina hududlari noqonuniy anneksiya qilinganidan keyin Rossiya Konstitutsiyasi o‘zini o‘zi eʼlon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini, Xerson va Zaporojye viloyatlarining bosib olingan qismlarini Rossiya viloyatlari ro‘yxatiga kiritgan.
Peskov tegishli intervyusi e’lon qilingach, The New York Times uning 2024-yilgi saylovlar haqidagi so‘zlarini noto‘g‘ri talqin qilib, Putinning “90 foizdan ortiq ovoz” bilan g‘alaba qozonishi haqida yozganini aytdi.
Nashr Kreml matbuot kotibining mazkur bayonotiga hali munosabat bildirmadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!