date
views 212

Serbiya Eronning 20 000 ta kamikadze droniga buyurtma berdi

Serbiya Eronning 20 000 ta kamikadze droniga buyurtma berdi

Foto: Freedom.ua

Serbiya Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Tehronga tashrifi chog‘ida Eronga 20 ming dona Shahed-136 kamikadze-droniga buyurtma berdi. Bu haqida Serbiyaning EttoBA portali xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, Serbiya delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Goran Alekshich boshchilik qilgan va u eronlik hamkasbi Ali Bagyori bilan muzokara o‘tkazgan.

Shuningdek, uchrashuv chog‘ida turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlashni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Iyul oyida Eron Shahed-149 dronining modernizatsiya qilingan versiyasini taqdim etgandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dronning yangilangan versiyasi yangi qo‘nish moslamasi tizimi va qurol osma bloki bilan jihozlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Serbiya Eronning 20 000 ta kamikadze droniga buyurtma berdi
-->