date
views 436

Transport vaziri Afg‘onistonga bordi

Transport vaziri Afg‘onistonga bordi

Foto: Transport vazirligi

Afg‘oniston hududi orqali tranzit yuk tashuvlari rivojlantiriladi.

Joriy yilning 26 – 27 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri I. Mahkamov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili I. Irgashev boshchiligidagi delegatsiyaning Afg‘onistonga safari amalga oshirildi.

Ikki tomonlama muzokaralarda Afg‘oniston va Pokiston orqali Hind okeani portlariga chiqish uchun xalqaro transport koridorini shakllantirish, ikki davlat transport logistika korxonalari hamkorligini kuchaytirish, xalqaro avtomobil tashuvchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan Afg‘oniston hududi bo‘ylab tranzit o‘tishga hamda boshqa manzillarga yuk tashishga o‘rnatilgan cheklovni olib tashlash masalalari muhokama qilingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Transport vaziri Afg‘onistonga bordi