date
views 336

O‘zbekistonda jinoyat sodir etgan fuqarolar Bishkekda qo‘lga olindi

O‘zbekistonda jinoyat sodir etgan fuqarolar Bishkekda qo‘lga olindi
Foto: Qirg‘iziston IIV

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahridagi yuzni tanuvchi kameralar yordamida avval O‘zbekistonda jinoyat sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan xorij fuqarolari qo‘lga olindi.

Qayd qilinishicha, 1983 yilda tug‘ilgan X.R. O‘sh shahri bozoridagi yuzni tanish kamerasiga tushib qolgan. Unga nisbatan O‘zbekistonda Jinoyat kodeksining «O‘g‘rilik» va «Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish» moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. X.R. O‘zbekistonda qidiruvga berilgan.

U bilan birgalikda soliq yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlagani uchun qidiruvda bo‘lgan 1978 yilda tug‘ilgan X.Yu. ham ushlangan.

Ikkalasi ham Bishkek shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining vaqtinchalik hibsxonasiga joylashtirilgan. Ular keyinroq O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinishi aytilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekistonda jinoyat sodir etgan fuqarolar Bishkekda qo‘lga olindi