07:28 / 23.09.2023
133

Parij 2024 yilgi Olimpiadagacha aerotaksilarni ishga tushiradi

Parij 2024 yilgi Olimpiadagacha aerotaksilarni ishga tushiradi

Foto: Getty Images

2024 yilgi yozgi Olimpiadagacha Parijda havo taksi xizmati yo‘lga qo‘yiladi. Taksilar Parij yaqinidagi beshta vertiportdan biridan jo‘naydi. Yana bir maydoncha Sena daryosidagi suzuvchi barjada joylashgan.

Skyports kompaniyasining Yevropa va Yaqin Sharq bo‘yicha infratuzilma bo‘limi boshlig‘i Damian Kiseli so‘zlariga ko‘ra, taksiga o‘tiradigan odam dastlab ro‘yxatdan o‘tishi lozim.

«Oldin ro‘yxatdan o‘tasiz. Biz buyurtma bergan odam ekaningizni va bu parvoz vaqtingiz ekanini bilishimiz kerak. Bizda kichik zal bor va jo‘nashdan taxminan 5 daqiqa oldin havo taksisiga chiqishingiz so‘raladi. Siz biometrik portaldan o‘tasiz va tamom», dedi u.

Aerotaksi xizmatini yo‘lga qo‘yish uchun hali Fransiya poytaxti fuqarolari roziligi kerak bo‘ladi. Loyihada ishtirok etgan Aéroport de Paris (ADP) guruhi yangi qurilmalar shovqini vertolyotga qaraganda 4 baravar kamroq ekanini ta’kidlamoqda.

ADP ijrochi direktori Edvard Arkrayt so‘zlariga ko‘ra, kam uglerodli aviatsiyadan turli maqsadlarda foydalanish mumkin.

«Biz birinchi navbatda odamlar, posilkalar, tez tibbiy yordam va tibbiy xizmatlarni tashish haqida o‘yladik. Biroq hali biz o‘ylab ko‘rmagan sohalar ham bor», dedi u.

Aerotaksi Germaniyaning Volocopter kompaniyasi tomonidan ikki o‘rindiqli yengil samolyot shaklida yasalgan. Hozir kompaniya Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligidan ruxsat kutmoqda.

Olimpiadaning ochilishiga bir yildan kamroq vaqt qoldi. Ayni paytda kompaniya nazorat organlari va ma’muriyatdan ruxsat olishi kerak.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo