Uels malikasi Britaniya qirollik oilasi vakili bo‘lgan Diananing fojiali o‘limiga 26 olti yil bo‘lganiga qaramay, u hamon moda olami uchun estetik va benuqson uslubning ramzi bo‘lib qolmoqda. Malikaning libosi Julien's Auctions auksionida kimoshdi savdoda rekord darajadagi summaga sotildi.
Foto: Valerie Macon /AFP / Getty Images
Gap Jacques Azagury brendiga tegishli bo‘lgan moviy yulduzlar shakli tushirilgan qora baxmal ko‘ylak haqida ketmoqda. Malika libosda omma oldida ikki marta 1985 yilda Italiyaga qilgan safarida va 1986 yilda Vankuverdagi simfonik orkestr konsertida ko‘rinish bergan.
Libos dastlab 100 ming dollarga baholangan, ammo oxir-oqibat u kimoshdi savdosida 11 baravar qimmatga, ya’ni 1,14 millionga sotilgan. Sotib oluvchining ismi oshkor etilmagan. Bundan tashqari ham malikaning garderobidan bir qancha buyumlar auksionda sotilgan.
Yanvar oyida amerikalik teleyulduz Kim Kardashyan malika Diananing taqinchoqlarini 143 ming dollarga sotib olgan edi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring