Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Amerikaning Nyu-York shahridagi Ruzvelt oroli aholisi portlash tovushlari haqida xabar berdi. 2 yanvar kuni ertalab tongda shaharliklar «uylarini silkitgan uchta tebranishni» his qilgan. Ba’zilar portlashga o‘xshash tovushlarni eshitgan.
Nyu-York o‘t o‘chirish departamenti xabariga ko‘ra, erta tongda ularga «binolar silkingani va portlash sodir bo‘lgani» haqida qo‘ng‘iroq qilishgan. Hodisa Ruzvelt oroli ko‘prigidan janubda sodir bo‘lgani aytilmoqda.
Qayd etilishicha, voqea joyiga qutqaruv bo‘linmalari yetib borgan. Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.
«Hodisa nazoratga olindi. Portlashlar va silkinishlar sababi aniqlanmadi. Con Edison (Nyu-Yorkning elektr va gaz ta’minoti kompaniyasi) voqea joyida», deb qo‘shimcha qildi departament.
Con Edison hozircha hodisaga izoh bermadi.
O‘z navbatida, Nyu-York politsiyasi portlashlar haqidagi xabarlarni tekshirish chog‘ida terrorchilik tahdidini aniqlamaganini ma’lum qildi.
«Erta tongda 911 xizmatiga asosiy ko‘cha va daryo yo‘li kesishmasida portlash sodir bo‘lgani haqida qo‘ng‘iroq kelib tushdi. Elektr ta’minotida uzilishlar bor. Hech qanday tahdid, xavfli materiallar, yong‘inlar, elektr simlarining yonib ketishi kabi holatlar yo‘q», dedi politsiya.
Ruzvelt oroli Manhettendan sharqda, Nyu-York shahridan o‘tuvchi Ist-River daryosida joylashgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kanadaliklar AQSh tarkibida boʻlishni xohlaydimi? – “Tramp bezori, Mask esa tentak”
Pokistonning Afgʻonistonga zarbalari: “Tehrike Tolibon” qanday harakat?
AQSh hujum qilgan taqdirda Daniya Grenlandiyani himoya qila olmaydi
Zelenskiy Germaniyadagi ittifoqchilar uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Suriyadagi kutilmagan inqilobdan soʻng oʻtgan bir oyda nimalar oʻzgardi?
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: 10 kishi halok boʻldi, 9 mingdan ortiq inshoot zarar koʻrdi
Kanada AQSh bilan ehtimoliy savdo urushiga tayyorgarlikni boshladi
Los-Anjelesdagi yongʻinning kosmosdan koʻrinishi