Foto: DHA
Istanbuldagi katolik cherkovida qurollangan ikki kishi otishma sodir etdi, oqibatda bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya xabar berdi.
Hodisa 28 yanvar mahalliy vaqt bilan soat 11:40 atrofida Sariyer tumanidagi Santa-Mariya cherkovida o‘tkazilgan marosim vaqtida sodir bo‘lgan. Ayni damda bir kishining o‘lgani ma’lum. Ali Yerlikayaning so‘zlariga ko‘ra, ikki nafar niqobli, qurollangan shaxs erkakni otib o‘ldirgan.
“Ushbu fakt bo‘yicha keng ko‘lamli surishtiruv ishlari boshlandi, politsiya jinoyatchilarni ushlash choralarini ko‘rmoqda. Biz bu jirkanch hujumni keskin qoralaymiz”, — deydi u. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kurskda qora niqob taqqan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi
Yakuniy hukm chiqdi: 700 million dollarlik boylik chiqindixonada qoladigan boʻldi!
Zelenskiy Ramshtaynda Gʻarbni Ukrainaga qoʻshin yuborishga chaqirdi
Germaniya kansleri Ukrainaga beriladigan 3 mlrd yevrolik yordamni blokladi
Eron generali: “Rossiya Asadning dushmanlari oʻrniga Suriyadagi boʻsh sahroni bombardimon qilgan”
Ijtimoiy tarmoqlarda Bashar Asadning ayoli haqida uzunquloq gap tarqaldi
Rossiyalik siyosatchi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni haqorat qildi
Britaniya 3 mingga yaqin oʻzbekistonlikni ish bilan ta'minlaydi