Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon 10 yilga qamaldi

1 daqiqa o'qish208
Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon 10 yilga qamaldi
Foto: NPR
Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon 10 yilga qamaldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Pokiston sudi 30 yanvar kuni sobiq bosh vazir Imron Xonni davlat sirlarini oshkor qilganlikda ayblab, 10 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Ayblov xulosasiga ko‘ra, Xon Pokistonning Vashingtondagi elchisi hukumatga yuborgan maxfiy telegramma mazmuni bilan o‘rtoqlashgan. Sobiq bosh vazirning partiyasi ishni uydirma deb hisoblaydi va hukmga e’tiroz bildirmoqchi.

2022 yilda bosh vazir sifatida iste’foga chiqishi kerak bo‘lgan Xon ilgari korrupsiyada ayblanib, uch yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi. Tegishli hukm 2023 yil avgustida chiqarilgan.

Endi yangi hukm umumiy saylovlarga bir hafta qolganida e’lon qilindi, bu bilan Imron Xonning saylovda qatnashishi taqiqlanadi. Xon o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni “siyosiy motivli” deb ataydi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?