00:30 / 01.02.2024
426

Zalujniyga iste’foga chiqish evaziga qanday lavozim taklif etilgani ochiqlandi

Zalujniyga iste’foga chiqish evaziga qanday lavozim taklif etilgani ochiqlandi
Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 29 yanvar kuni Valeriy Zalujniyga uni Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni lavozimidan ozod etishga qaror qilganini aytgan. Bu haqda The Economist xabar berdi.

Ayrim jurnalistlarga ko‘ra, Zalujniyga Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi lavozimini taklif qilishgan, biroq u rad javobini bergan. Quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy va Ukraina razvedkasi rahbari Kirill Budanov bosh qo‘mondon lavozimiga nomzod sifatida ko‘rilgan.

Sirskiy armiyadagi eng tajribali ofitserlardan biri bo‘lib, u 2022 yildagi ikkita eng yorqin g‘alabaning namoyondasi bo‘lgan: Kiyev yaqinida va Xarkov viloyatida.

Ammo uning urushga qattiq yondashgani uni armiya ichida mashhur qilmadi”, — deyiladi xabarda.

Boshqa tomondan, Budanov qo‘mondonlikka “juda noan’anaviy va sinovdan o‘tmagan” yondashuvni qo‘llaydi, u hali katta armiyaga rahbarlik qilmagan.

Ba’zilar u so‘nggi daqiqada bu ishdan bosh tortgan deb hisoblashadi. Budanovning yaqin hamkasbi u general Zalujniy lavozimiga da’vogarlik qilmaganini ta’kidlamoqda, lekin Budanovning ham harbiy lavozimni rad etishga haqqi yo‘q edi”, — deb yozadi jurnalistlar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo