Foto: Google Images
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, agar AQSH yordam ajratishga rozi bo‘lmasa, Ukraina rasmiylari muqobil yechimlarni izlashga majbur bo‘lishini aytdi. U Fox News jurnalistining AQSH harbiy yordamdan bosh tortgan taqdirda Ukrainada “B” reja bormi, degan savoliga shunday javob berdi.
“Biz omon qolishimiz kerak. Biz ba’zi parallel qadamlarni aniqlab olishimiz kerak, ammo, bilasizki, bu yordam juda muhim. AQSH yordamisiz ko‘proq askarlarimizni yo‘qotamiz, chunki agar sizda himoya va artilleriya bo‘lmasa, albatta, odamlar ko‘proq qurbon bo‘ladi”, — dedi Vladimir Zelenskiy.
U agar AQSH yordam ajratmasa, Ukraina qanday muqobil variantlardan foydalanishi mumkinligini muhokama qilishdan bosh tortdi, deya qayd etadi Fox News.
Bir kun avval Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba, agar Ukraina armiyasi o‘z vaqtida o‘q-dorilarni olganida, mamlakat qurolli kuchlari Avdeyevkani tark etishga majbur bo‘lmas edi, degan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrainaliklar o‘z jonlarini qurbon qilishga majbur, chunki “kimdir hali ham yordam ajratish bo‘yicha qarorni muhokama qilmoqda”.
2023 yil oktyabr oyidan beri AQSH Kongressida Ukrainaga mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda. 13 fevral kuni Senat Ukraina, Isroil va Tayvanga 95 milliard dollardan ortiq yordam ajratish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatladi (shundan 60 milliard dollardan ortig‘i Kiyevga ajratiladi).
Endi hujjat respublikachilar nazoratidagi Vakillar palatasi tomonidan tasdiqlanishi kerak. Kongress Quyi palatasi spikeri Mayk Jonson janubiy chegara xavfsizligini mustahkamlash choralarini ko‘rib chiqmasdan oldin qonun loyihasini ovozga qo‘yishdan bosh tortdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi
Jeju Air samolyotining qora qutilari 4 daqiqa oldin yozib olishni toʻxtatgan ekan
"Nashi" asoschisi: Putinning muvaffaqiyatsizliklarida amaldorlar aybdor!