18:13 / 26.02.2024
224

Turkiyada mushukcha majlisda nutq so‘zlayotgan siyosatchining ustiga chiqib oldi (video)

Turkiyada mushukcha majlisda nutq so‘zlayotgan siyosatchining ustiga chiqib oldi (video)
Foto: Koshkavetra
Turkiyaning Beykoz shahri hokimi Murat Aydin o‘zining Instagram sahifasida ajoyib video bilan bo‘lishdi. Unda mushuk bolasi hokim yelkasiga chiqib oladi, majlis o‘tkazayotgan Murat Aydin mushukni bezovta qilmay, o‘z ishida davom etadi. Mushukning ismi Bella bo‘lib, u shahar munitsipalitetida yashaydi.

Bu Bella bilan majlislar zalidagi ilk va so‘nggi uchrashuvimiz edi”, — deb yozadi hokim.

Aslida ushbu voqeaga bir necha oy bo‘lgan va mushuk ancha ulg‘aygan. Murat Aydin ijtimoiy tarmoqdagi xabarini 1 mart kuni nishonlanadigan Xalqaro mushuklar kuni bilan bog‘lagan edi.

2023 yil aprel oyida shunga o‘xshash voqea Jazoirdagi masjidda sodir bo‘lgan edi: mushuk ibodat qilayotgan imomning yelkasiga chiqib olganda, imom namoz o‘qishda davom etgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo