Gaitida banditlar 4 ming mahbusni qamoqdan chiqarib yubordi

1 daqiqa o'qish220
Gaitida banditlar 4 ming mahbusni qamoqdan chiqarib yubordi
Foto: Reuters
Gaiti poytaxti Port-o-Prensda qurolli jinoiy guruh qamoqxonaga bostirib kirib, 4000 ga yaqin mahbusni u yerdan chiqarib yubordi. Bu haqda Sky News xabar berdi.

Gaiti milliy qamoqxonasiga hujum 2 mart kuni kechqurun, Gaiti bosh vaziri banditizmga qarshi kurashish uchun xalqaro kontingentni joylashtirish bo‘yicha muzokaralar olib borish maqsadida Keniyaga borganidan ikki kun o‘tgach sodir bo‘ldi. “Barbekyu” laqabli bandit Jimmi Sherize bosh vazir Ariye, Anriga qarshi urush e’lon qildi.

U hujumlardan maqsad Gaiti politsiyasi boshlig‘i, hukumat vazirlarini qo‘lga olish va Anrini hokimiyatdan ag‘darish ekanini aytmoqda.

Inson huquqlari bo‘yicha advokat Arnel Remiga ko‘ra, qamoqxonada 4 ming mahbusdan salkam 100 ga yaqin qolgan. Gaitining asosiy qamoqxonasiga qurolli to‘dalar bostirib kirishi oqibatida kamida uch kishi halok bo‘lgan, minglab mahbuslar qochib ketgan. Gaiti hukumati tinchlikka chaqirib, vaziyatni nazorat ostiga olishga harakat qilmoqda.

“Milliy politsiya jamoat tartibini tiklash uchun qochib ketgan mahbuslarni topish va ushbu jinoiy harakatlarni sodir etgan shaxslarni, shuningdek, ularning barcha sheriklarini qo‘lga olish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda”, — deyiladi Aloqa vazirligi xabarida.

Le Monde nashrining yozishicha, Port-o-Prens shahrida 1400 ga yaqin mahbus saqlanayotgan yana bir qamoqxonadan ham mahbuslar qochib ketgan. Qurolli to‘dalar mamlakatning asosiy futbol stadionini ham egallab, bir xodimni bir necha soatga garovga olgan. Banditlar hujumi paytida Gaitida internetga kirish cheklangan, chunki tartibsizliklar paytida optik tolali aloqa uzilgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?