Vikinglar davriga oid 1200 yillik najas York muzeyida namoyish etilmoqda

Angliyaning York shahrida topilgan, Vikinglar davriga oid inson najasi dunyodagi eng noodatiy tarixiy topilmalardan biri hisoblanadi. «Lloyds Bank koproliti» deb nomlangan ushbu qoldiq 1972 yilda bank binosi qurilishi vaqtida aniqlangan.
Uzunligi qariyb 20 santimetr bo‘lgan topilma shu kungacha topilgan eng yirik qotib qolgan inson najaslaridan biri sanaladi. Tadqiqotchilar uning taxminan 1000–1200 yillik tarixga ega ekanini aniqlagan.
Tahlillar o‘sha davr odamlari asosan go‘sht va non iste’mol qilganini ko‘rsatgan. Shuningdek, namunada ichak parazitlarining izlari ham topilgan. Bu esa Vikinglar davridagi ovqatlanish tartibi va sanitariya sharoitlari haqida tasavvur hosil qilishga yordam beradi.
Hozirda noodatiy tarixiy artefakt Yorkdagi Vikinglar muzeyida namoyish etilmoqda. U tashrif buyuruvchilar orasida katta qiziqish uyg‘otadigan eksponatlardan biri hisoblanadi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…