Taniqli aktyor Uill Smit va Jada Pinkett Smitning 42 million dollarlik uyi yonib ketdi

1 daqiqa o'qish3
Taniqli aktyor Uill Smit va Jada Pinkett Smitning 42 million dollarlik uyi yonib ketdi

Kaliforniya shtatining Kalabasas shahrida Gollivud aktyori Uill Smit va uning rafiqasi Jada Pinkett Smitga tegishli hashamatli qarorgohda tong saharda yong‘in sodir bo‘ldi. Qiymati 42 million dollarga baholanadigan uyda alanga ko‘tarilgani haqidagi xabar ortidan voqea joyiga o‘t o‘chirish xizmati xodimlari yetib bordi.

Tezkor guruhlar yong‘inni nazorat ostiga olishga muvaffaq bo‘ldi. Hodisa joyida bir nechta favqulodda xizmat avtomobillari ko‘zga tashlangan. Hozircha yong‘in aynan qayerda boshlanganligi, uning kelib chiqish sababi va binoga yetkazilgan zarar miqdori haqida batafsil ma’lumot berilmagan.

Qayd etish joiz, bu mashhur juftlikning qarorgohida yuz bergan ilk yong‘in emas. 2021 yilda ham uyning yerto‘lasida olov chiqqan, shundan so‘ng binoda ta’mirlash ishlari olib borilgan edi.

Bundan tashqari, 2025 yil yanvar oyida Los-Anjeles hududida, jumladan, Palisades atrofida kuchli o‘rmon yong‘inlari tarqalgan paytda Uill Smit va Jada Pinkett Smitning uyi ham evakuatsiya qilingan. O‘shanda olov qarorgohga yetib bormagan va bino jiddiy zarar ko‘rmagan edi.

Ayni paytda bu safargi yong‘in oqibatlari va uning sabablari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?