Xitoyda Krishtianu Ronalduning 7 metrlik haykali o‘rnatildi: u dunyodagi eng baland haykal sifatida taqdim etildi

1 daqiqa o'qish3
Xitoyda Krishtianu Ronalduning 7 metrlik haykali o‘rnatildi: u dunyodagi eng baland haykal sifatida taqdim etildi

Xitoyning Shanxay shahrida portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronalduning ulkan haykali namoyish etildi. 21 noyabr kuni CR7 muzeyining ochilishi munosabati bilan o‘rnatilgan haykalning balandligi yetti metrni tashkil qiladi. U Sharqiy Nankin ko‘chasidagi savdo markazi oldida joylashgan.

Haykalda Ronaldu Portugaliya terma jamoasining 7-raqamli libosida, gol urganidan keyin qo‘llarini ikki tomonga yozib bajaradigan mashhur «Siyu» bayramini takrorlayotgan holatda tasvirlangan. Uning balandligi ham futbolchining afsonaviy 7-raqamiga moslab tanlangan. Tashkilotchilar ushbu yodgorlikni Ronalduning dunyodagi eng baland to‘liq gavdali haykali sifatida taqdim etmoqda.

Tantanali ochilish marosimida futbolchining akasi Ugo Aveyru hamda yaqin do‘sti Migel Payshau ishtirok etdi. Ronalduning o‘zi esa marosimga kelmagan. Tadbirga yig‘ilgan muxlislar haykal ochilayotgan paytda futbolchining mashhur «Siyu» harakatini takrorlab, uni olqishlagan.

Shanxaydagi CR7 muzeyi qariyb 3 ming kvadrat metr maydonni egallaydi. Unda Ronalduning bolalik davridan boshlab professional futbolchilik faoliyatigacha bo‘lgan yo‘li aks ettirilgan 10 ta mavzuli ko‘rgazma hududi tashkil etilgan.

Muzeyda futbolchining shaxsiy kolleksiyasidan keltirilgan 50 dan ortiq eksponat, jumladan, 2008 yilda qo‘lga kiritgan «Oltin to‘p» mukofoti, futbol formalari, butsalar va boshqa esdalik buyumlari namoyish etiladi. Shuningdek, Ronalduning «Sporting» akademiyasida yashagan yotoqxonasi ham qayta yaratilgan.

Tashrif buyuruvchilar uchun interaktiv mashg‘ulotlar ham tashkil etilgan. Ulardan biri Ronalduning 2018 yilda «Yuventus» darvozasiga urgan mashhur qaychi uslubidagi zarbasiga bag‘ishlangan bo‘lib, muxlislar maxsus simulyator yordamida darvozabonlik mahoratini sinab ko‘rishlari mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?