Antaliyada dengiz tubidan zanjirlangan quti topildi: ichidan ignali "vudu qo‘g‘irchog‘i" chiqdi

1 daqiqa o'qish3
Antaliyada dengiz tubidan zanjirlangan quti topildi: ichidan ignali "vudu qo‘g‘irchog‘i" chiqdi

Turkiyaning Antaliya sohillarida 36 yoshli g‘avvos Ali Qilich dengiz tubidan zanjirlangan yog‘och qutini topdi. Uning ichidan esa turli joylariga ignalar sanchilgan arqon qo‘g‘irchoq chiqdi.

Antaliyada 14 yildan beri professional g‘avvos bo‘lib ishlaydigan Qilich hamkasbi bilan dengiz tubini tozalash va SUP-bord foydalanuvchilari yo‘qotgan buyumlarni qidirish bilan shug‘ullanadi. Navbatdagi sho‘ng‘ish vaqtida ular qum ostiga ko‘milgan zanjirni payqab qolishgan. Uni tortishganida, uzunligi taxminan 1,5 qarich bo‘lgan yog‘och quti topilgan.

Qutini ochish uchun zanjirlarni yechishga ancha vaqt ketgan. Ichidan boshi va tanasining turli qismlariga ignalar sanchilgan, usti g‘alati ramz va yozuvlar bilan bezatilgan qo‘g‘irchoq chiqqan. Qilich internetdan ma’lumot izlab, uni «vudu qo‘g‘irchog‘i» deb ataladigan buyumga o‘xshatgan.

G‘avvosning aytishicha, quti ochilganida oltingugurtni eslatuvchi o‘tkir hid tarqalgan va guruh a’zolarining boshi bir muddat og‘rigan. Bunga hid sabab bo‘lganmi yoki qutiga kimyoviy modda surtilganmi, hozircha noma’lum.

Qilich avval ham dengiz tubidan osma qulflar topganini, ayrim odamlar ularni xurofiy marosimlar uchun suvga tashlashini aytdi. Biroq bunday qutiga ilk bor duch kelganini ta’kidladi. Topilmani kim va nima maqsadda dengizga tashlagani hozircha aniqlanmagan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?