Foto: Euronews
Baltimorda (Merilend, AQSH) yuk kemasi ko‘prik tayanchiga urilishi natijasida uzunligi 2,57 km bo‘lgan Frensis Skott Key avtomagistral ko‘prigi suvga qulab tushdi. Bu haqda tegishli manbalarga tayanib, Euronews xabar berdi.
Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘prik tayanchiga borib urilgan Singapur bayrog‘i ostidagi “Dali” kemasi yonib, cho‘kib ketgan. Inshootning qulashi natijasida bir necha avtomobil daryoga qulagan.
The Hill nashriga ko‘ra, kamida yetti kishi suvga tushib ketgan, biroq guvohlarning ta’kidlashicha, suvga qulagan mashinalar soni taxminan o‘ntani tashkil qiladi. Voqea joyida qutqaruvchilar ishlamoqda, favqulodda holat e’lon qilingan.
Ko‘prik 1977 yilda qurilgan va AQSH milliy madhiyasi The Star-Spangled Banner muallifi Frensis Skott Key sharafiga nomlangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi
Amerika bema'nilik, ochkoʻzlik va ikkiyuzlamachilik olovida yonmoqda
Turkiyada besh nafar oʻzbekistonlik vafot etdi
Tramp Netanyaxudan Gʻazo boʻyicha kelishuvni inauguratsiyagacha tuzishni talab qilmoqda
Lavrovning asosiy fikrlari: Ukraina boʻyicha tashabbus, NATO va'dasi, Putin va Tramp uchrashuvi
Mark Ryutte: “Evropa mudofaa xarajatlarini oshirmasa, rus tilini oʻrganishga majbur boʻladi”