Foto: Murrieta Police Department
Lego kompaniyasi AQSH politsiyasidan jinoyatchilarning yuzlarini sariq odamchalarning boshlari bilan yashirishni to‘xtatishni talab qildi.
Marriyeta shahri (Kaliforiya shtati) politsiya departamenti xodimlari, hibsga olinganlarning yuzini ommaga namoyish etish taqiqlangani bois, ularning fotosuratlarini tahrirlashni boshlagandi. 2023 yil 1 yanvaridan kuchga kirgan ushbu cheklov gumon ostiga olinganlar va ularning oilalarini himoyalashga qaratilgan.
Departamentning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida hibsga olingan Shrek, Eshak, Rojdestvo o‘g‘risi Grinch va Lego-odamchalar ancha ko‘payib qolgandi.
Biroq Lego kompaniyasiga bu g‘oya ma’qul kelmadi. «Lego Group bizga murojaat qilib, ularning mulkidan o‘z kontentimizda foydalanmaslikni talab qildi. Talabni qabul qilamiz va unga rioya qilamiz», — deyiladi politsiya departamenti bayonotida.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Janubiy Koreya prezidenti hibsga olindi
General Kirillovga suiqasd ishi boʻyicha yangi ayblanuvchilar paydo boʻldi
AQShning Xitoy kompaniyalari haqidagi bayonoti
Ilon Mask Oq uyga Tramp bilan birgalikda koʻchib oʻtishni rejalashtirmoqda
Tramp ishi boʻyicha maxsus prokuror hisoboti: «Agar saylanmasa, aybdor deb topilardi»
Ukrainada harbiy holat va safarbarlik yana 90 kunga uzaytirilishi mumkin