14:30 / 31.03.2024
516

AQSHda bir hafta ichida ikkinchi marta kema ko‘prikka urildi

AQSHda bir hafta ichida ikkinchi marta kema ko‘prikka urildi
AQSHning Oklaxoma shtatida katta barja ko‘prikka urildi, deb xabar bermoqda Fox News.

Hozirda avtotransportlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan. Shu hafta boshida ham Baltimorda yuk kemasi ko‘prikka urilishi oqibatida ko‘prik qulab tushgan edi.

Bu safar hodisa Arkanzas daryosini kesib o‘tuvchi ko‘prikda yuz berdi. Mahalliy patrul xizmatining xabar berishicha, yirik trassada harakat to‘xtatilgan. Qurbonlar haqida ma’lumotlar yo‘q. Hodisaga nima sabab bo‘lgani noma’lum.

Baltimorda 26 mart kuni sodir bo‘lgan to‘qnashuvda olti kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo