13:31 / 01.05.2024
152

Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y

Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Turklar tomoshabinni o‘ziga jalb qilish uchun ekranda sevgi munosabatlarini qanday ko‘rsatishni bilishadi.

Eda va Serkan, “Qalbim eshigini qoq”

Sohibjamol talaba qiz va omadli biznesmen haqidagi sodda, ammo hayajonli serial butun dunyoda haqiqiy sensatsiyani keltirib chiqardi. Film muxlislari ikki mavsum davomida o‘jar qahramonlar o‘rtasidagi munosabatlarni kiprik qoqmay kuzatishdi, va nihoyat Eda va Serkanning to‘yi bo‘lganida juda xursand bo‘lishdi. To‘yda olomon mehmonlar yoki ajoyib liboslar yo‘q edi — hamma narsa juda kamtarona, zamonaviy tarzda bezatilgan. Kelin oppoq tor mini ko‘ylakda, past poshnali oddiy sandal va yulduzli sirg‘alarda abadiy muhabbatga qasamyod qiladi. Kuyovning kiyimi ham oddiygina — oq ko‘ylak va oq shimdan iborat edi.

Seyran va Ferit, “Qo‘rg‘on sirlari”

Filmning bosh qahramonlari boshqalardan ajralib turishga qaror qiladi va ikki marta turmush quradi. Tomoshabinlarga, ayniqsa, ikkinchi to‘y ko‘proq yoqqani ajablanarli emas. Birinchidan, Seyran va Ferit his-tuyg‘ularini anglab, bir-birlarisiz yashay olmasligini tushunishdi. Ikkinchidan, to‘y dabdabali bo‘ladi. Kelin ko‘plab qarindoshlari va do‘stlari oldida qirolichalarnikidek libosda paydo bo‘ldi. Ferit ham marosim uchun oq kostyum va oddiy ko‘ylak tanlaydi.

Kamol va Nihon, “Sevgi iztirobi”

Rejissyorlar va ssenariy mualliflari serialni baxtli yakunsiz qoldirishga qaror qiladi, ammo final oldidan ular muxlislarga bosh qahramonlar bilan yoqimli daqiqalarni o‘tkazishga imkon beradi. Kamol va Nihon juda romantik to‘y uyushtiradi. Sohil, suvgacha cho‘zilgan supa, chig‘anoqlardan yasalgan bezaklar, kungaboqarlardan qilingan guldasta... Kelin to‘y uchun shaffof yengli oq libosni, kuyov esa oq kostyum va shunga mos ko‘ylakni tanlaydi. Kamol va Nihon suv ustida turib qayg‘uda ham quvonchda ham, boylik va qashshoqlikda ham bir-birini sevishga qasam ichadi, keyin esa quyosh botganda qirg‘oq bo‘ylab yugurishadi.

Dila va Kuzgun, “Quzg‘un”

Birgalikda hayotlarining eng muhim bosqichi uchun bosh qahramonlar basseyn, oppoq gullar bilan bezatilgan arkali joyni tanlashadi. To‘y binoning tomida bo‘lib o‘tadi — mehmonlar dengizning go‘zal manzarasiga qoyil qolishlari mumkin edi. Bu safar kelin to‘y uchun libos emas, oq top va mini yubkadan iborat alohida to‘plamni tanlaydi. Lekin bu kiyimda Dila qo‘pol ko‘rinmaydi, chunki uning yelkalari va qo‘llari marvaridlar sepilgan shaffof mato bilan qoplangan, sochlari o‘rilgan edi. Kuzgun esa klassik qora kostyum, oq ko‘ylak va galstukda kelinni kutib oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y