
Foto: Google Images
Fransiya hukumati Falastin mustaqilligini tan olish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda Le Monde nashri xabar bermoqda.
Nashr Isroilning Fransiyadagi sobiq elchisi Eli Barnaviyga tayanib, uning Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ma’muriyatini Falastinni davlat sifatida tan olishga ko‘ndirishga urinishlari “samarasiz” ekanini aytgan.
Shu bilan birga, nashr manbasining ta’kidlashicha, fransuz rasmiylari prezidentning ushbu qaror uchun “to‘g‘ri vaqt” hali yetib kelmagani haqidagi bayonotlariga qaramay, masalani muhokama qilishda ancha faollashgan.
Fransiya prezidenti 29 may kuni Falastin rahbari Mahmud Abbos bilan telefon orqali suhbatda uni “zarur islohotlarni amalga oshirishga” chaqirdi. Shu bilan birga, prezident ma’muriyati Falastinni tan olish masalasida “ijobiy dinamikani o‘rnatish” istagini bildirdi.
Nashrning yozishicha, Parij Falastin mustaqilligini tan olishdan oldin Yaqin Sharqdagi mojaroni “ikki davlat tamoyili” asosida hal etish bo‘yicha maslahatlashuvlarni kuchaytiradi.
Hozirgacha BMTga a’zo 193 davlatdan 140 dan ortig‘i Falastinni tan olgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar