Andrey Yermak: “Ukraina keyingi sammitda Rossiyaning ishtiroki uchun ochiq”

1 daqiqa o'qish246
Andrey Yermak: “Ukraina keyingi sammitda Rossiyaning ishtiroki uchun ochiq”
Foto: Ukrinform
Ukraina kelajakdagi tinchlik muzokaralari formulasini ishlab chiqishga qaratilgan xalqaro hamkorlar bilan navbatdagi uchrashuvga Rossiya vakilini taklif qilishi mumkin. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Shveytsariya 15—16 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan Ukraina bo‘yicha tinchlik sammitiga Rossiya taklif qilinmagan edi.

Nashrga ko‘ra, Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak ishchi guruhlar navbatdagi uchrashuv tafsilotlarini ishlab chiqayotgan bir paytda Rossiyaning navbatdagi sammitdagi ishtiroki masalasini ko‘targan. U Shveytsariyada o‘tkazilgan uchrashuvni muvaffaqiyatli o‘tganini ta’kidlagan.

Yermak, shuningdek, Ukraina “realistik” va boshqa davlatlar ishtiroki uchun ochiq ekanini aytgan.

"O‘ylashimizcha, Rossiya vakilini ham taklif qilish mumkin", — deya qo‘shimcha qilgan u.

Bloomberg‘ga ko‘ra, Shveytsariyada bo‘lib o‘tgan konferensiyada 100 dan ortiq davlat va tashkilotlar ishtirok etgan, biroq kengroq global qo‘llab-quvvatlashga erishishdek asosiy maqsadiga erisha olmagan. Qayd etilishicha, Hindiston, Braziliya va Janubiy Afrika yakuniy kommyunikeni imzolashdan bosh tortgan va shu bilan BRIKS davlatlari doirasini yopgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchrashuv oldidan tinchlik muzokaralari shartlarini sanab o‘tgan edi. 18 iyun kuni Shveytsariya TIV Ukraina bo‘yicha navbatdagi tinchlik sammiti Yevropada o‘tkazilmasligini ma’lum qilgan. Hukumat Rossiyaning tadbirda ishtirok etishi zarurligini ta’kidlagan.

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Rossiya sammitni muvaffaqiyatsiz deb hisoblashini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yig‘ilishdan keyingi “nol natija” ishtirokchilar o‘rtasida yakdillik yo‘qligining isbotidir, chunki yakuniy kommyunikeni hamma davlatlar ham qo‘llab-quvvatlamagan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?