11:47 / 27.06.2024
309

Husiylar ilk bor Isroil kemasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi

Husiylar ilk bor Isroil kemasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Foto: Reuters
Yamanning “Ansor Alloh” (husiylar) harakati Arab dengizidagi MSC Sarah V kemasiga birinchi marta gipertovushli raketa qo‘lladi. Bu haqda husiylar matbuot kotibi Yahyo Sariga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Yaman qurolli kuchlari birinchi marta Arab dengizidagi Isroil kemasi — MSC Sarah V ga zarba berilgan raketaning xususiyatlarini oshkor qilmoqda. Bu mahalliy ishlab chiqarilgan gipertovushli raketa bo‘lib, ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan va nishonlarni maksimal aniqlik bilan urishga qodir”, — dedi u.

Avvalroq, Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan husiylar harakati MSC Sarah V konteyner kemasiga hujum uyushtirilgani, u Isroilga tegishli ekanini ma’lum qilgandi. Sariyaning so‘zlariga ko‘ra, zarba yangi ballistik raketa yordamida amalga oshirilgan.

Hozirgacha Rossiya, AQSH, Xitoy, Eron, Hindiston, Shimoliy Koreya, Fransiya va Yaponiya gipertovushli qurolga ega yoki ularni ishlab chiqmoqda.

Avvalroq Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi husiylar gipertovushli qurol yaratishga qodir ekanligi haqidagi ma’lumotni rad etgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Husiylar ilk bor Isroil kemasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi