![AQSHda kongressmen-demokrat Baydendan iste’foga chiqishni talab qildi](/uploads/posts/2024-07/x3794942c0b_cbs-24pgnlj4.webp.pagespeed.ic.Fr0AFhe9V8.webp)
Foto: ABCnews
AQSHda Demokratlar partiyasi vakili, Kongress deputati Lloyd Dogget amaldagi prezident Jo Baydendan iste’foga chiqishni talab qildi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.
Lloyd Dogget o‘z bayonotini 2 iyul kuni Texas shtatidan turib e’lon qilgan. Chunki vakilning o‘zi Texas shtatidan Kongressga tayinlangan. Uning prezidentga yo‘llagan notasi keskin muhokamalarni keltirib chiqargan. Dogget o‘z bayonotida Kongress a’zolarining ko‘pchiligi prezident iste’fosi haqida umumiy fikrda ekanini oshkor qilgan.
“Men bir paytlar Lindon Jonson vakillik qilgan Kongress okrugining e’tiborli vakiliman. Aytishim mumkinki, turli qiyin vaziyatlar sabab Jonson vazifasidan ketish haqida og‘riqli xulosaga kelgan edi. Bayden ham shunday qilishi kerak”, — degan Lloyd Dogget.
Doggetning bayonoti o‘tgan hafta Baydenning sobiq prezident Donald Trampga qarshi samarasiz debatlari ortidan partiya xavotirlarini bostirishga urinayotgan prezident va uning jamoasi atrofidagi bosimni kuchaytiradi. Oqibatda prezident partiyasining o‘zida bo‘linish yuzaga kelishi mumkin.
Seshanba kuni Illinoys shtatining Demokratlar partiyasidan tayinlangan vakili Mayk Kuigli ham prezidentlik uchun Baydenni nomzodini qayta ko‘rib chiqishni talab qilgan. Partiya ichida bu lavozimga yaxshiroq nomzodlar borligi aytilgan.
“Menimcha, uning to‘rt yillik prezidentligi eng zo‘r rahbarlik davrlaridan biri bo‘ldi. Lekin u o‘ziga nisbatan vijdonli bo‘lishi kerak. Bayden kursida endi o‘tirolmaydi”, — degan Kuigli CNN nashriga bergan intervyusida.
Oldinroq AQSHning CBS News nashri AQSH aholisi o‘rtasida prezident Baydenning yangi muddatga nomzodini qo‘yishiga nisbatan munosabatini o‘rganish uchun so‘rovnoma o‘tkazgan edi. Unda qatnashganlarning 70 foizdan ortig‘i Baydenni yangi muddatga saylanish uchun aqliy va kognitiv jihatdan munosib emas deb topgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
![Ukraina qo‘shinlari Rossiya Donbassni egallashi uchun asosiy shaharda pozitsiyalardan chekindi расм](/uploads/posts/2024-07/x6e47db5ee3_guybjmijruw19kobwcnmv1tu_hrzwiqt.webp.pagespeed.ic.waYqIWW2uP.webp)
Ukraina qo‘shinlari Rossiya Donbassni egallashi uchun asosiy shaharda pozitsiyalardan chekindi
![Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov kiyim do‘koni tavsiya qilingan rolikda ko‘rinish berdi расм](/uploads/posts/2024-07/x0a24d017b5_di8rjgey3nt9u64athd19pyybn7aveyp.webp.pagespeed.ic.3pZ2lDE0UH.webp)
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov kiyim do‘koni tavsiya qilingan rolikda ko‘rinish berdi
!["Dinamo" 5 nafar futbolchisi bilan shartnomani bekor qildi расм](/uploads/posts/2024-07/x899021c1d0_eer28fsx4aaqqlo.webp.pagespeed.ic.4PCReX9XEn.webp)
"Dinamo" 5 nafar futbolchisi bilan shartnomani bekor qildi
![Zomin qo‘riqxonasidagi fotoqopqonga Turkiston silovsini muhrlandi расм](/uploads/posts/2024-07/x524aa15f0f__kc-mohjqrotdg5cfprfyf8cce19c6g1.webp.pagespeed.ic.apXyIlvDCt.webp)
Zomin qo‘riqxonasidagi fotoqopqonga Turkiston silovsini muhrlandi
![Bayden nutqida adashib, o‘zini “qora tanli ayol” deb atadi расм](/uploads/posts/2024-07/xeb49093ec4_photo_2024-07-05_18-04-48-scq6jvot.webp.pagespeed.ic.AnyPKNF1ZP.webp)
Bayden nutqida adashib, o‘zini “qora tanli ayol” deb atadi
![Toshkent viloyatining Qozog‘iston bilan chegara hududida 310 metrli noqonuniy tunnelni aniqlandi (video) расм](/uploads/posts/2024-07/x2ba7406ae5_photo_2024-07-03_09-55-08.webp.pagespeed.ic.45fX2WNuFb.webp)
Toshkent viloyatining Qozog‘iston bilan chegara hududida 310 metrli noqonuniy tunnelni aniqlandi (video)
![Ijodiy imtihonlar o‘tkaziladigan sana aniq bo‘ldi расм](/uploads/posts/2024-07/x75ed2507b0_ypsn2dhkb7uhwrypoed8-_si14nrps_l.webp.pagespeed.ic.LNBEEJDiX4.webp)
Ijodiy imtihonlar o‘tkaziladigan sana aniq bo‘ldi
![AQSHda yashovchi tadqiqotchi Behzod Hoshimov bilan energetika, AES va budjet taqchilligi haqida suhbat расм](/uploads/posts/2024-07/x499675a38c_01.webp.pagespeed.ic.shIoEjdUAo.webp)
AQSHda yashovchi tadqiqotchi Behzod Hoshimov bilan energetika, AES va budjet taqchilligi haqida suhbat