18:39 / 11.07.2024
1 282

Erdo‘g‘on Putin haqida kutilmagan bayonot berdi

Erdo‘g‘on Putin haqida kutilmagan bayonot berdi
Foto: Turkiya prezidenti matbuot xizmati
Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan qarashlar turlicha bo‘lsa ham har xil masalalarni muhokama qilish mumkin”, deya ma’lum qildi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on.

Tabiiyki, biz janob Putin bilan hamma sohalarda hamfikr emasmiz, ammo o‘zaro muammolarni muhokama qilishga va ularni hal qilishning aniq yo‘llarini o‘rganishga qodirmiz”, dedi u.

Erdo‘g‘onning qo‘shimcha qilishicha, Anqara “xurofot bilan to‘ldirilgan siyosat” olib bormayapti, balki muammolarni hal qilish uchun oqilona yondashuvni qidirmoqda.

Iyul oyi boshida Erdo‘g‘on Putin bilan Ostonada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda uning Turkiyaga tashrif buyurishini kutayotganini aytgandi.

Shuningdek, Turkiya yetakchisi mamlakat Ukrainadagi mojaroda ishtirok etmasligini, Anqara har ikki tomon bilan muloqot olib borayotganini ta’kidlagan.

Biz boshidanoq bu urushda qatnashmasligimizni aytgan edik. Bizning pozitsiyamiz faqat tinchlik tarafdori. Yechim ko‘proq qon to‘kish va azob-uqubatlarda emas, balki muloqot orqali erishilgan mustahkam tinchlikdadir”, qo‘shimcha qilgan Erdo‘g‘on.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘on Putin haqida kutilmagan bayonot berdi