00:01 / 24.07.2024
16

NASA AQSH orbitasiga sun’iy yulduzni olib chiqadi

NASA AQSH orbitasiga sun’iy yulduzni olib chiqadi
Foto: Wikimedia
NASA o‘n yillik yakuniga qadar AQSH uzra sun’iy yulduzni uchirishni rejalashtirmoqda. Astronom Arlo Landolt nomi bilan atalgan «Landolt missiyasi» 2029 yilda Yerdan 35,7 ming km uzoqlikdagi orbitaga sun’iy yulduzni chiqaradi.

Florida universiteti astronomiya kafedrasi dots.nti Jeymi Tayyar so‘zlariga ko‘ra, maqsad — boshqa yulduzlar atrofida aylanib yuruvchi sayyoralarda hayot paydo bo‘lishi va mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan okeanlar bor yoki yo‘qligini aniqlashdir.

Sun’iy CubeSat yulduzi bir yil davomida Qo‘shma Shtatlar ustidagi orbitada parvoz qiladi. G‘oya shundan iboratki, «yulduz» bir qancha fotonlarni Yerdagi teleskoplarga yo‘naltiradi. Bu yerda astronomlar sun’iy yulduzni o‘zlarini qiziqtiradigan kosmik obyekt yaqinida kuzatadilar, bu esa uning yorqinligini baholashga imkon beradi.

«Landolt missiyasi» bizga millionlab yulduzlarning yorqinligini qayta baholash imkonini beradi. Bunday o‘lchovlarga faqat fizik foton oqimi aniq ma’lum bo‘lgan kosmik orbitadagi sun’iy yulduz yordamida erishish mumkin. Shuning uchun «Landolt missiyasi» bizga qorong‘u energiya parametrlarini aniqlashtirish, boshqa sayyoralardagi hayot imkoniyatini baholash va yulduzlar evolyutsiyasi bo‘yicha fundamental cheklovlarni ilgari surish imkonini beradi», deb tushuntirdi Piter Plavchan, Jorj Meyson universitetining fizika va astronomiya kafedrasi dots.nti.

«Bu missiya yulduzlar atrofida yashashga yaroqli zonalarni aniqlashga yordam beradi, degan umiddamiz, asosiy maqsad hayotni o‘z ichiga olgan boshqa sayyorani topishdir», deb qo‘shimcha qildi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » NASA AQSH orbitasiga sun’iy yulduzni olib chiqadi