Foto: Reuters
Rossiyaning Poltavaga raketa hujumi natijasida 50 dan ortiq odam halok bo‘ldi, bu Rossiyaning Ukrainada «erkin xalq irodasini sindirish»ga qaratilgan urinishlari haqida fojiali eslatma bo‘ldi. Bu haqda Amerika yetakchisi Jo Baydenning 3 sentyabr, seshanba kuni Oq uy tomonidan tarqatilgan bayonotida aytiladi.
«Men bu jirkanch hujumni imkon qadar qattiq qoralayman», dedi Bayden.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina xalqi ikki yarim yildan beri Moskva agressiyasiga qat’iy qarshilik ko‘rsatib kelmoqda. Qo‘shma Shtatlar uning yonida bo‘lishda davom etadi, jumladan, havo hujumidan mudofaa tizimlari va mudofaa uchun zarur vositalar bilan ta’minlashda davom etadi, deya qo‘shimcha qildi Amerika prezidenti.
«Xato qilmang: bu urushda Rossiya g‘alaba qozonmaydi», - deya xulosa qildi u.
Yevroittifoq Rossiyaning Poltavaga hujumini qoraladi
Yevropa Ittifoqi 3 sentyabr kuni Rossiyaning Poltavaga raketa hujumi uyushtirgani va 50 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lganini qoraladi. «Bu yana bir qon to‘kilishi Rossiyaning Ukraina va uning xalqiga qarshi shafqatsiz urushini davom ettirish, katta qurbonlar va keng ko‘lamli vayronagarchiliklarga sabab bo‘lishga intilish qat’iyatini isbotlaydi», dedi Yevropa Ittifoqi tashqi siyosati vakili Peter Stano. «Biz qurbonlar oilalarining qayg‘usiga sherikmiz va Ukraina xalqini qo‘llab-quvvatlaymiz», — deya qo‘shimcha qildi u.
Rossiya ikki yarim yildan beri qo‘shni davlatga qarshi urush olib bormoqda, Ukraina bo‘ylab raketa va uchuvchisiz uchoqlar yordamida hujumlar uyushtirmoqda va «qo‘rqoqlik bilan asosan tinch aholini nishonga olmoqda», deya ma’lum qildi Bryussel. Bu holat faqatgina Ukrainaning BMT Nizomidagi o‘zini himoya qilish bo‘yicha qonuniy huquqiga muvofiq, Rossiya hududidan amalga oshirilayotgan bunday hujumlarni samarali qaytarish va «tajovuzkorni orqaga surib tashlash» imkoniyatiga ega bo‘lishi zarurligini ko‘rsatadi, deb ta’kidladi Stano.
Yevropa Ittifoqi Kiyevga harbiy yordam, jumladan, havo hujumidan mudofaa tizimlari va o‘q-dorilar yetkazib berishni kengaytirish tarafdori, deb ta’kidladi YEI tashqi siyosat xizmati. Bu ta’minot Ukraina mudofaasini kuchaytiradi, begunoh odamlar hayotini saqlaydi va himoyalangan mamlakatdagi vayronagarchilik darajasini pasaytiradi, deb tushuntirdi Peter Stano.
Kiyev Ukrainaning Rossiyadagi ehtimoliy nishonlari ro‘yxatini Baydenga topshiradi
Politico nashrining yozishicha, agar Vashington Amerika qurollaridan foydalanish bo‘yicha tegishli cheklovlarni bekor qilsa, Ukraina AQSH yuqori martabali amaldorlariga Rossiyada uzoq masofali raketa zarbalari nishoniga aylanishi mumkin bo‘lgan obyektlar ro‘yxatini taqdim etadi. Nashr 26 avgust kuni manbalarga tayanib yozishicha, Kiyev ushbu ro‘yxatdan AQSH rasmiylarini Rossiya hududida qurollardan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishga ishontirishning so‘nggi urinishi sifatida foydalanmoqda.
Ukraina Rossiyadagi ehtimoliy nishonlarning bir qismini avvalroq AQSHga topshirgan, ammo tayyorlanayotgan ro‘yxat yanada batafsilroq bo‘ladi, deya ta’kidlanadi xabarda. Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, uzoq masofali qurollarga cheklovlarni olib tashlashdan tashqari, Kiyev o‘q-dorilarni yetkazib berishni tezlashtirishga va Ukraina qurolli kuchlarining Rossiya hududiga chuqur hujumi rivojiga umid qilmoqda.
Shu bilan birga, Vashington hanuzgacha AQSHning Rossiya hududiga uzoq masofali qurollar bilan zarba berishga ruxsati Rossiya hukumatini yanada agressiv harakatlarga undashi mumkinligidan xavotirda, deb yozadi nashr. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»