19:00 / 09.09.2024
36

Xitoy va Rossiya sentyabr oxirigacha harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Xitoy va Rossiya sentyabr oxirigacha harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi
Foto: RBK Ukraina
Xitoy joriy oyda Rossiya bilan “Shimol-2024” qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarini e’lon qildi.

Xitoy mudofaa vazirligiga ko‘ra, ularning maqsadi ikki mamlakat harbiylari o‘rtasidagi “strategik hamkorlikni chuqurlashtirish” va “xavfsizlikka tahdidlarga birgalikda qarshi kurashish” qobiliyatini mustahkamlashdan iborat.

Qayd etilishicha, har ikki mamlakat harbiy-dengiz kuchlari va harbiy aviatsiyasi Yapon dengizi va Oxotskdagi Rossiya qirg‘oqlari oldidagi manyovrlarda ishtirok etadi. Ular doirasida “Tinch okeanining muhim dengiz hududlariga” qo‘shma dengiz patruli yuboriladi.

Bundan tashqari, XXR Rossiyaning Okean-2024 strategik mashqlarida ishtirok etadi”, deyiladi bayonotda.
Ularning aniq sanasi ma’lum emas.

Rossiya-Ukraina urushi fonida Moskva va Pekin iqtisodiy, diplomatik va mudofaa sohalarida hamkorlikni kuchaytirib, G‘arbga qarshi “chegarasiz” sheriklik va hamjihatlikni e’lon qilmoqda. Xususan, joriy yilning iyul oyi o‘rtalarida Xitoyning Chjanszyan port shahri qirg‘oqlari yaqinida ikki davlat suvda va havoda qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazgan edi.

NATO, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar va boshqa davlatlar Xitoy rahbariyatini Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy agressiyasini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun tanqid qilgan. Pekin bunga javoban Shimoliy Atlantika alyansini “qarama-qarshilikni qo‘zg‘atmaslikka” chaqirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy va Rossiya sentyabr oxirigacha harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi