Foto: ChatGPT Neyron tarmoq yordamida yaratilgan tasvir
Qozog‘iston parlamentining navbatdagi yig‘ilishida 12 yoshdan jinoiy javobgarlikni belgilash taklif qilindi.
Qayd etilishicha, parlament deputati Magerram Magerramov bosh vazir Oljas Bektenovga ayrim jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik yoshini pasaytirish taklifi bilan murojaat qilgan.
“Ehtimol, biz qonunchilar, ayrim jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik boshlanadigan yosh chegaralarini qayta ko‘rib chiqishimiz, javobgarlikni 14 yoshdan emas, balki 12 yoshdan belgilashimiz kerak. Masalan, zo‘rlash holatlarida”, deydi deputat.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qozoq maktablari xavfsiz emas. Qozog‘istonliklar xuddi shunday voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan bolalarni zo‘rlash, kaltaklash va o‘ldirish haqidagi xabarlarga bir necha bor guvoh bo‘lgan.
Magerramovning fikricha, voyaga yetmaganlar jinoyati keyinchalik armiyadagi jinoyatlar, jumladan, o‘limga olib keladigan jinoyatlarga sabab bo‘lmoqda.
“O‘smirlarda kriminogen xulq-atvorning shakllanishiga jamoatchilik fikrida aniq ifodalanadigan ma’naviy-huquqiy va boshqa ijtimoiy himoya shakllarining yagona tizimi yo‘qligi sabab bo‘lmoqda”, ta’kidlagan Magerramov. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi