07:15 / 20.09.2024
39

AQSH Maxfiy xizmati Ilon Maskning o‘chirib yuborilgan tviti bo‘yicha tekshiruv boshladi

AQSH Maxfiy xizmati Ilon Maskning o‘chirib yuborilgan tviti bo‘yicha tekshiruv boshladi
Foto: Getty Images
AQSH prezidenti va uning oilasi a’zolari xavfsizligini ta’minlashga mas’ul Maxfiy xizmat SpaceX asoschisi va X ijtimoiy tarmog‘i egasi Ilon Maskning tviti sabab tekshiruv boshladi, deb xabar beradi Bloomberg.

Maxfiy xizmatning ma’lum qilishicha, Maskning posti haqidagi ma’lumotlar «huquqiy maqsadlarda to‘plangan» va tergov jarayonlariga xalaqit bermasligi uchun oshkor etilmaydi.

Axios'ning ta’kidlashicha, Maxfiy xizmatning tergovi Mask biror-bir javobgarlikka tortilishini anglatmaydi, ammo u prezident Jo Bayden yoki prezidentlikka nomzod Kamala Harris uchun xavf tug‘dirmasligini isbotlashga majbur bo‘ladi.

Gap Mask 15 sentyabr kuni kechqurun, Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Trampga uyushtirilgan hujumdan keyin yozilgan tvit haqida ketmoqda. Mask X ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilardan birining «Nima uchun ular Donald Trampni o‘ldirmoqchi?», degan tvitini repost qilgan va unga «Hech kim Bayden yoki Kamalani o‘ldirishga urinmayapti», deya izoh qoldirgan.

Foydalanuvchilar Maskdan tvitni o‘chirib tashlashni talab qildi, ammo u bunday qilishdan bosh tortdi. Natijada, u ertasi kuni tvitini o‘chirib, bu hazil bo‘lganini bildirdi.

Maskning posti Oq uyda tanqid qilindi. «Prezident Bayden va vitse-prezidenti Harris kechagi vahimali yangiliklardan keyin e’lon qilganidek, «mamlakatimizda siyosiy zo‘ravonlikka yoki har qanday turdagi zo‘ravonlikka» o‘rin yo‘q va «barchamiz ushbu mojaro katta zo‘ravonlikni keltirib chiqarmasligi uchun o‘z hissamizni qo‘shishimiz kerak», — deyiladi Oq uy xabarida.

AQSH sobiq prezidentiga suiqasd

Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Trampga «yaqin masofada» otishma yuz berdi. Bu haqda saylovoldi shtabi 15 sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida yozgan. Amerika Qo‘shma Shtatlarining sobiq prezidenti xavfsiz joyda ekani xabar qilindi.

Shu bilan birga, Trampning o‘g‘li, kichik Donald Tramp o‘zining X akkauntida voqea sodir bo‘lgan joy yaqinidagi butalar orasidan AK-47 avtomati topilganini da’vo qildi. «Gumonlanuvchi qo‘lga olingan», deb qo‘shimcha qildi kichik Tramp.

New York Post gazetasining xavfsizlik manbalariga tayanib yozishicha, o‘q faqat AQSH maxfiy xizmati agenti tomonidan otilgan. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan, biroq uning bunday qilishiga nima sabab ekani haqida hech narsa ma’lum emas.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Maxfiy xizmati Ilon Maskning o‘chirib yuborilgan tviti bo‘yicha tekshiruv boshladi